Sport | 16:36 / 28.05.2016
5811
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Gondurasga qarshi kechgan o‘yinda jarohat oldi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gonduras terma jamoasi bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.

U yelka qismida og‘riq seza boshlagach, 64-daqiqada almashtiriladi. Ayrim nashrlarning yozishicha, 28 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan Amerika Kubogi musobaqasidagi birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi doirasida 7 iyun kuni Chili terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazadi.