Jahon | 09:20 / 28.05.2016
6564
1 daqiqa o‘qiladi
Shturmchi samolyotning Gudzonga qulashi natijasida uchuvchi halok bo‘ldi
Qutqaruvchilar shturmchi samolyotning qulashi natijasida halok bo‘lgan uchuvchining jasadini Gudzonning suvlaridan olib chiqishdi. Bu haqda New York Post nashri yozmoqda.
Ikkinchi jahon urushi davridagi P-47 Thunderbolt qiruvchi-bombardimonchisi Manxetten qirg‘oqlariga yaqin joyda qulagan. Avariya sabablari hali o‘rnatilmagan.
Voqea Jorj Vashington ko‘prigidan ikki mil uzoqlikda sodir bo‘lgan.