Jamiyat | 20:12 / 30.05.2016
32450
3 daqiqa o‘qiladi

Instagramda nima gaplar

Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘ini o‘zlarining muhim kuni sanasi bilan tabrikladi

O‘tgan hafta davomida qaynonasini tavallud kuni bilan tabriklagan Gulchehra Eshonqulova bu gal hayotidagi muhim sana-turmush qurganliklariga bir yil to‘lishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovni tabrikladi va unga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Kuni kecha aktrisa Gulchehra Eshonqulova instagramdagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikdagi suratini joylashtirib, ostiga quyidagi izohlarni rus tilida yozib qoldirdi:

 “Seni ushbu ahamiyatli kunimiz bilan qutlayman. Men bilan quvonch-shodlik, g‘am va tashvish, to‘siqlarni yengib o‘tishda birga bo‘lganing, qo‘llab-quvvatlaganing uchun rahmat. Sening  sevging,  e'tiboring har doim menga kerakligimni his etib turishimga yordam bergan, bu esa muhim! Umid qilamanki, sen ham xuddi men kabi ushbu yuraklarni ilitguvchi hislarni tuymoqdasan. Seni bizning muhim kunimiz bilan tabriklayman!”.

Alisher Uzoqov mehr istagan bolakayning ota-onasini “befarosat” deya ta'rifladi

Bir oz avval tadbirlarning birida qo‘riqchilari haqida so‘z yuritgan aktyor Alisher Uzoqov instagramdagi sahifasida kichik bir videolavha joylashtirdi. Ushbu  videolavhada voyaga yetmagan bolakaylardan biri “Mehr” haqida she'r o‘qiydi.

Ushbu she'rdan ta'sirlangan aktyor videolavha ostida shunday izoh qoldirdi:

Bu bola ota-onasining befarosatligi tufayli mana shu  maktabda tarbiyalanyapti. Boladan “sen nimani istaysan” deb so‘rashsa bola  “mehr”  deb javob berdi, deydi aktyor o‘z izohida.

Yana bir suratda esa tomdan tomayayotgan  «chakka» uchun chelak va idishlar qo‘yilgan manzara ifodalangan. Ammo aktyor ushbu surat qaysi hududda olinganligini ma'lum qilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda Shohruhxonning qiyofadoshi paydo bo‘ldi

Qiyofadoshi Shohruhxonni 29 may - tavallud kuni bilan tarikladi.

Asal Shodiyeva shaxsiy munosabatlarini muxlislardan berkitmay qo‘ydi

Aktrisa Asal Shodiyeva instagramdagi sahifasi qayta tiklanganini saytimiz orqali ma'lum qilgach, shaxsan o‘zi ham sahifasi orqali muxlislari va hakamsblariga murojaat qilib, bo‘lib o‘tgan yoqimsiz holatlar uchun uzr so‘radi.

29 may kuni esa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Shohruhxonni tavallud ayyomi bilan qutladi.  Shohruhxonning konserti jarayonidan olingan, ikkisi (Asal va Shohruhxon) muhrlangan surat ostiga esa ingliz tilida “Tug‘ilgan kuning bilan azizim” (Happy birthday darling) deya tabrik yozib qoldirgan.