Jamiyat | 18:23 / 30.05.2016
9637
1 daqiqa o‘qiladi
Mashina ruliga o‘tirib olgan alligator qutqaruvchilarga qiyinchilik tug‘dirdi
AQShdagi yovvoiy tabiat himoyachilari tomonidan ushlangan alligator uni tunda qoldirishgan mashina yukxonasidan chiqib ketib, salon ichiga kirib qoldi. Bu haqida voqeaga guvoh bo‘lgan qiz, o‘z feysbukida videorolik qoldirgan.
2 metr keladigan jonivor tunda yukxonadan chiqib, salonga kirib qolgan va u yerdan qochib ketmoqchi bo‘lganida rul va old oyna oralig‘ida tiqilib qolgan. Shu bois qiz uni tongda ko‘rib qolgan.
Jonivorlarni ko‘rib qolganlar, uni ozod etishgan.