Jahon | 08:29 / 08.06.2016
6715
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an turk deputatlarini daxlsizlikdan mahrum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an parlament deputatlarini daxlsizlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu qonunning qabul qilinishini prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Turkiya adolat va taraqqiyot partiyasi ilgari surdi. Qonunga qarshi chiqayotganlarning fikricha, qonun tuzumga qarshi chiqayotganlarni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblash bo‘yicha taqib qilishga mo‘ljallangan.
May oyida qonunning qabul qilinishiga 550 nafar parlamentariydan 376 nafari ovoz bergandi.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qilish qarori yuzasidan xavotir bildirgandi.