Light | 00:05 / 09.06.2016
16457
1 daqiqa o‘qiladi
Dubayda suzib yuruvchi uylarning yangi kolleksiyasi namoyish etildi
Dubayning Kleindienst qurilish kompaniyasi suzib yuruvchi uylarning yangi kolleksiyasini taqdim etdi. The Signature Edition deb nomlangan kolleksiyadagi eng arzon lotning narxi 3,25 million dollarni tashkil etadi, deb yozmoqda Maxim jurnali.
Suvda suzuvchi ushbu uylarning maydoni 370 kvadrat kilometrni tashkil etadi. U sakkiz nafar katta odam va sakkiz nafar yosh bolaning yashashiga mo‘ljallangan. Uyning pastki qismi suv ostida joylashgan bo‘lib, u ikkita yotoqxona va mehmonxonadan iborat.
Uyning tom qismida quyoshda tovlanib yotish va kechroq ziyofat uyushtirish mumkin.
Yangi kolleksiyadagi uylar narxi 3,25 million dollardan boshlanadi. Ayni damda ularning soni 40 ta. Birinchi lot 2016 yilning oktabrida tayyor bo‘ladi.