Jamiyat | 09:35 / 09.06.2016
9427
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lazarev konsertda qo‘shiq kuylayotib orkestr chuquriga yiqilib tushdi

Rossiya estradasi xonandasi Sergey Lazarev Lipetskda bergan yakkaxon konserti jarayonida orkestr chuquriga yiqilib tushdi. Ushbu tasodifiy tasvirga olingan videolavhani u instagramdagi sahifasi orqali joylashtirib, ostiga: “Zaldagi orkestr chuqurligini yoqtiraman. Ammo bu  sevimli muxlislar uchun to‘siqmi?”, deya izoh qoldirdi. 

Kontsert vaqtida bu yiqilish Lazarevni tashvishga solmadi — u yana qo‘shiq kuylashda davom etib, chuqurlikdan tepaga, muxlislar qarshisiga chiqib oldi. Muxlislar uning vaziyatdan bu tarzda improvizatsiya bilan chiqib ketganiga minnatdorchilik tarzida gullar hadya etishdi.  

Bir oz avval Sergey Lazarev Rossiya nomidan “Yevrovideniye-2016” xalqaro qo‘shiq tanlovida qatnashganida uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun o‘z instagramdagi sahifasi orqali minnatdorchilik bildirgan edi.

 

 

A video posted by Sergey Lazarev (@lazarevsergey) on