Jamiyat | 15:43 / 09.06.2016
10112
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Panteraning hujumi

Meksikadagi jonivorlar qo‘riqxonasida gigant pantera o‘sha yerda orqasini o‘girib turgan kishining ortidan sekin kelib hujum qilgani tushirilgan video barchani hayratga solishi shubhasiz. 

Meksikalik kishi osonlik bilan devorga sakrab chiqib pantera bilan ispan tilida "quvnoq suhbat" olib bordi -  yuzlab funt silliq mushaklar, tirnoqlar va tishlar unga qaratilgan.

Erkak xuddi katta mushuk kabi sakrab, o‘zining "farzandlaridan biri" hisoblangan jonivor bilan kulib o‘ynay boshladi. Oxiri pantera yuzini kishining yuziga tekkizib katta tishlarini ko‘rsatib og‘zini ochadi.

Videodagi erkak - Eduardo Serio ulkan mushukni quvlab, o‘tlarning ustida yurgan pantera bilan o‘ynaydi.

Keyin u pastdan turib, jonivorning burnini o‘pib qo‘yadi. 

Shunisi ajablanarliki, u qayta-qayta o‘pavergani sari pantera u kishining yuzini yalab qo‘yadi, shundan bilsa bo‘ladiki, pantera unga hech qachon jiddiy xavf solmagan.

Eduardo unga do‘stona qo‘l tashlab, o‘tning ustiga o‘tirishini kuzatib turadi. 

Panteraning ismi Kal-El bo‘lib, uning tug‘ilganda berilgan ismi Supermen. 

Serio qarovsiz qolgan katta mushuklar haqida qayg‘uruvchi The Black Jaguar -White Tiger Foundation tashkilotida ishlaydi va ularning huquqini himoya qilish uchun kurashadi.

Hozirgi paytda Serioning "bolalari" yuzlab sher, yo‘lbars va silovsinlardan iborat bo‘lib, ular yashaydigan qo‘riqxona hududi 30 akr maydonni egallaydi.