Sport | 19:57 / 11.06.2016
5936
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2016: Shveytsariya Albaniyani kichik hisobda yengdi

Yevropa chempionati doirasida A guruhining ikkinchi uchrashuvi Shveytsariya va Albaniya o‘rtasida kechdi.

Lansdagi bu o‘yin shveysariyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin taqdirini 5-daqiqada urilgan gol hal qildi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga chiqish chog‘ida albanlar darvozaboni Berisha xatoga yo‘l qo‘ydi. Shveytsariyalik Fabian Sher bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. 

 37-daqiqadan boshlab albaniyaliklar bir kishi bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldilar. Lorik Tsana o‘z jarima maydonchasi oldida yiqilgan holatda to‘pni bosh bilan qaytarishga harakat qildi, ammo yeta olmadi. Natijada qo‘l bilan uni qaytarishga majbur bo‘ldi,aks holda shveysariyalik futbolchi birga bir vaziyatga chiqib ketardi. Bu Albaniya sardorining ikkinchi sariq kartochkasi bo‘ldi. 

Ikkinchi bo‘limda tomonlar ehtiyotkorona futbol namoyish etishdi va o‘yinda hisob o‘zgarmadi.

Albaniya – Shveytsariya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Sher.
Albaniya – Berisha, Mavray, Tsana, Agoli, Lenyani, Djaka (Kache, 62), Kukeli, Roshi (Tsikaleshi, 74), Abrashi, Xyusay, Sadiku (Gashi, 82).
Shveytsariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Djuru, Shakiri (Fernandes, 88), Djaka, Bexrami, Djyemaili (Fray, 76), Mexmedi (Embolo, 62), Seferovich.
Ogohlantirishlar: Sher (13), Tsana (23), Kache (63), Bexrami (67), Kukeli (89), Mavray (90).
Chetlatish: Tsana (37).