Jahon | 20:37 / 11.06.2016
8814
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda imtihonlar yakunlanganini nishonlagan 4 o‘smir cho‘kib ketdi

Xitoyning Guandun viloyatida oliy ta'lim muassasasiga kirish imtihonlarining yakunlanganini nishonlash vaqtida 4 o‘smir cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi. 

Voqea Tszeyan shahridagi Nanlun suv omborida yuz berdi. 10 iyun kuni 6 o‘smir imtihonlar yakunlanganidan keyin suv omboriga borishga qaror qilishgan. O‘smirlar u yerda yog‘och ko‘prikdan suvga tushib ketishgan. Ikki o‘smir qirg‘oqqa chiqa olgan, biroq ularning 4 do‘sti cho‘kib ketgan. Halok bo‘lgan o‘smirlardan 3 nafari o‘g‘il bola, bir nafari qiz bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar o‘smirlarni jonsiz holatda aniqlashgan.

Xitoy maktablari bitiruvchilari 7-8 iyun kunlari "gaokao" deb ataluvchi oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirishgan. Umumiy hisobda bu yili ushbu imtihonlarni 9,4 mln bitiruvchi topshirgan.  

2008 yilda 10 milliondan ko‘proq bitiruvchi kirish imtihonlarini topshirgan, oliy ta'lim muassasalaridagi o‘rinlar soni esa 6 mlnni tashkil qilgan.

Mavzuga oid