Jamiyat | 11:21 / 12.06.2016
76828
1 daqiqa o‘qiladi
Tataristonda voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi
O‘zbekistonda tug‘ilgan Eduard Sagiyan Tataristonda voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani uchun 10 yil qattiq rejimli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasining mahalliy tergov boshqarmasi ma'lum qilgan.
Surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, 2008 yilning iyunidan 2015 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan davrda Sagiyan olti qizning nomusiga tekkan, ulardan besh nafari hali voyaga yetmagan qizlar bo‘lgan. Tatariston prokuraturasining ma'lum qilishicha, Sagiyan “jinoiy harakatning 162 bo‘limi” bilan ayblangan.
“Sud Sagiyanni 10 yil qattiq rejimli qamoq jazosiga hukm etdi”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
17:06 / 29.09.2024
Tataristonda og‘ir avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi va uning onasi vatanga qaytarildi
10:15 / 03.09.2024
Buxoro va Navoiyda Tatariston bilan qo‘shma sanoat maydonlari tashkil etiladi
17:11 / 14.06.2024
Samarqandda kuyov qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi
11:19 / 24.04.2024