Jamiyat | 15:06 / 13.06.2016
12824
1 daqiqa o‘qiladi
Sobiq “Anor” guruhi yakkaxoni Karen Gafurjanov yana ijodga qaytdi
Karen Gafurjanov o‘zining instagramdagi sahifasida repititsiya jarayonidan olingan videolavhani joylashtirdi. Ushbu videolavhada yaratilayotgan yangi qo‘shiqdan nishona bo‘lib, uning nomi “Yor o‘zga” deb nomlandi. Mazkur qo‘shiqning musiqasi xonanda Karen Gafurjanov va bastakor Ravil Gemazutdinov tomonidan yaratilgan.
Xonanda “Yor o‘zga” qo‘shig‘ini ustozi bo‘lmish Saodat Qobulovadan o‘rgangan bo‘lib, aslida u doira jo‘rligida ijro etilgan. Karen Gafurjanov esa uni yangi zamonaviy musiqa bilan boyitib muxlislariga taqdim etish istagida. Qolaversa, Karen Gafurjanov ayni kunlarda yangi qo‘shiqlar to‘plami ustida ham ish olib bormoqda.