O‘zbekiston | 14:47 / 14.06.2016
20597
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eng ko‘p sayyohlarni jalb etgan mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi

National Geographic jurnali sayyohlar uchun sayohat qilish tavsiya etiladigan eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuruvchi davlatlar o‘ntaligida  O‘zbekiston 6-o‘rinni qayd etgan. 

National Geographic talqiniga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohat uchun eng xavfsiz joydir. Shuningdek, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi tarixiy yodgorliklar islom olamidagi eng qadimiy obidalardan ekanligi, mustaqillik yillarida bu tarixiy binolar qayta ta'mirlanganligi haqida bayon qilingan. O‘zbekiston o‘zining nafaqat go‘zal tabiati, milliy bozori, tarixiy qadamjolarga boyligi bilan, balki mehmondo‘stligi bilan ham ajralib turishi e'tirof etilgan. 

Bundan tashqari, nashr sayyohlarga O‘zbekistonga borganda, albatta, uning dunyoga mashhur bo‘lgan milliy taomlaridan, ayniqsa, palov oshi va lag‘monidan tatib ko‘rishni maslahat berdi. Shuningdek, oshga alohida ta'rif ham keltirib o‘tilgan.

Ro‘yxatda, shuningdek, Armaniston, Nepal, Eron, Kosovo, Albaniya, Timor-Leste, Gruziya, Tunis kabi davlatlar ham o‘rin olgan.