Fan-texnika | 00:08 / 17.06.2016
7361
3 daqiqa o‘qiladi

MINI suriluvchi rulli xetchbek taqdim etdi

MINI avtomobil markasi unga egalik qiluvchi BMW kompaniyasining 100 yilligi sharafiga Vision Next 100 deb nomlangan kontsept-kar yaratdi. Futuristik xetchbek avtonom boshqaruvga tizimi, elektr dvigatel va suriluvchi rul bilan jihozlandi.

Model o‘z o‘lchamlariga ko‘ra 1959 yilda ishlab chiqarilgan ilk MINI xetchbegiga maksimal darajada yaqinlashtirildi va marka dizayni keyingi 100 yil ichida qanday rivojlanishini ko‘rsatishga chorlangan. Vision Next 100’ning o‘ziga xos jihatlari to‘ldirilgan reallik tizimi va sun'iy ongga ega interer bo‘ldi, u haydovchining didiga mos holda sozlanishi mumkin. 

Ruldan chap tomonda Inspire Me ("Meni ilhomlantir") degan yozuvi bo‘lgan tugmacha bo‘lib, unga bosish bilan kontseptning sun'iy ongi yoqiladi.

Agar Vision Next 100 to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsa va haydovchi tezlashishga tayyorligini "his qilsa", unda u haydovchiga John Cooper Works deb nomlangan "sport" rejimiga o‘tishni taklif qiladi. Haydovchiga mashinani boshqarish joniga tegsa, u avtopilotni yoqishi, rul chambaragini old panel markaziga surib, o‘rindiqni orqaga tushirib, oyog‘ini uzatib olishi mumkin. Avtopilot yoqiq bo‘lganda pedal uzeli ham o‘zining joylashishini o‘zgartiradi. 

MINI Vision Next 100’ning uzunligi 3620 mm ni tashkil qiladi, bu eng birinchi MINI’dan 560 mm ga uzun va hozirgi avloddagi MINI’dan 270 mm ga qisqaroqdir.

Kontseptning yana bir o‘ziga xos jihati intereri bo‘lib, uni bezashda qayta ishlangan plastik va alyuminiy, jyez, bazalt va sellyuloza o‘llangan. Kelajakda Vision Next 100’ga o‘xshash MINI mashinalari mijozlarga salonni o‘ziga moslash bo‘yicha keng imkoniyatlar taklif qiladi.

MINI prototipi BMW konserni o‘zining 100 yilligiga tayyorlagan uchinchi kontsept bo‘ldi. MINI bilan bir vaqtda Rolls-Royce kontsept-kari paydo bo‘ldi, 2016 yil martida esa nemis markasi BMW Vision Next 100 prototipini namoyish qilgandi.