Jahon | 23:25 / 19.06.2016
8792
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp AQShda musulmonlar haqida ma'lumotlar yig‘ish taklifini bildirdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQShda yashovchi musulmonlar haqida ma'lumotlar yig‘ishni boshlashni taklif qildi, deb xabar bermoqda CBS telekanali.
"Fikrimcha, mamlakat miqyosida psixologik portretlarni tuzishni boshlash haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. Men profayling g‘oyasini yomon ko‘raman. Biroq biz teran aql bilan ish tutish va o‘ylashni boshlashimiz kerak", deb aytdi Tramp.
Uning fikricha, "boshqa davlatlar buni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdalar". Tramp profayling, ya'ni potensial xavf soluvchi fuqarolar haqida ma'lumotlar yig‘ish bilan Isroil shug‘ullanishini aytdi. Siyosatchi "radikal islom real muammo solishini" qo‘shimcha qildi.