Jamiyat | 12:13 / 20.06.2016
9426
1 daqiqa o‘qiladi
Chimkent rahbari ishga velosipedda bormoqda
Qozog‘istonning Chimkent shahri akimi (mer) Gabidulla Abdurahimov velosipedda uchmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.kz.
Shahar hokimining sobiq maslahatchisi Danat Jumin o‘zining “feysbuk”dagi sahifasida merning suratini joylashtirgan va uning ostiga Abdurahimovning ikki g‘ildirakda ishga ketayotganini yozgan.
“U shu ma'noda "Shymkent City Bike" loyihasi asosida qurilayotgan shahar ko‘chalarini tekshirmoqda. Men uchun shaxsan bu kichik g‘alaba”, — deb yozdi Jumin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u merning mustaqil maslahatchisi bo‘lgan kezlarida shaharda velisoped infratuzilmasini rivojlantirish g‘oyasini faol qo‘llab-quvvatlagan.