Jahon | 06:43 / 20.06.2016
6663
1 daqiqa o‘qiladi

Rim meri birinchi marta ayol kishi bo‘ldi

Italiya poytaxti Rim meri lavozimiga birinchi marta ayol kishi saylandi. Rimning yangi meri "5 yulduz harakati" muholif partiyasini bildiruvchi 37 yoshli Virdiniya Raji bo‘ldi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, siyosatchi 64-68 ovoz yig‘ib, mer kursisi uchun saylovda ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda. Rasmiy natijalar esa 20 iyun kechga tomon e'lon qilinadi.

Rimning avvalgi meri Inyatsio Marino 2015 yil oktabrida byudjyet mablag‘larini ishlatib yuborish bilan bog‘liq mojarodan keyin iste'foga ketgandi. Muholif partiyalar merni u shaharning kredit kartasini o‘z maqsadlarida, shu jumladan o‘z oilasi bilan restoranlarda ovqatlanish uchun ishlatganlikda ayblagandilar.