Sport | 19:20 / 20.06.2016
19288
1 daqiqa o‘qiladi

Stol tennisi bo‘yicha jahon turida qiziq holat yuz berdi

Stol tennisi bo‘yicha jahon turida xitoylik Fan hamda fransiyalik Gauzi o‘rtasida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Gauzi bergan zarba to‘rga tegib, raqib maydoniga tushdi va yerga qulayotgan vaqtida Fan uni qaytarib fransiyalik sportchi maydoniga tushirdi.

Gap shundaki, koptok raqib maydoniga to‘r ustidan emas, yonidan borib tushdi. Shunday bo‘lsa-da, ochko Fan hisobiga yozildi va bu to‘g‘ri ekan.

Mana stol tennisi qoidasida nima yozilgan:

“Koptok o‘z maydonida bir marta sakrab, raqib maydoniga tushishi kerak. Zarbadan keyin koptok to‘r ustidan o‘tmay turib ham, raqib maydoniga tushsa, ochko zarba beruvchi hisobiga yoziladi”.