Jahon | 17:46 / 22.06.2016
11572
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Boltiqbo‘yi mamlakatlarini Rossiya hujumidan himoya qila olmaydi

AQShning Yevropadagi harbiy kuchlari qo‘mondoni Ben Xojyes Die Zeit  gazetasiga bergan intervyusida, Rossiya hujum qilgudek bo‘lsa, NATO Boltiqbo‘yi davlatlarini himoya qila olmasligi mumkin, degan fikrni bildirdi. 

«Rossiya, Boltiq mamlakatlarini biz u yerda bo‘lishimizdan tezroq bosib olishi mumkin», — degan Xojyes.

General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, u harbiy tahlilchilarning Rossiya armiyasi Boltiqbo‘yi davlatlari poytaxtlarini 36–60 soat ichida bosib olish imkoniga ega, degan xulosasiga qo‘shiladi. 

Bundan tashqari, Xojyes NATOning yaqinda Polshada bo‘lib o‘tgan «Anakonda» nomli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida kamchilikka yo‘l qo‘yganini e'tirof etgan. 

Xususan, Yevropa g‘arbidagi og‘ir harbiy texnikalar sharqiy Yevropaga juda sekin yetib kelgan.