Jamiyat | 19:50 / 22.06.2016
26259
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoyning birinchi xonimlari Konfutsiy institutiga tashrif buyurishdi

Xitoyning birinchi xonimi Pen Liyuan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova hamrohligida Toshkentdagi Konfutsiy institutiga tashrif buyurdi.

Ular bu yerda Xitoy kalligrafiyasi shousini tomosha qilishib, kutubxonani ziyorat etishdi va bolalar spektakllaridan bahramand bo‘lishdi.