Sport | 18:29 / 22.06.2016
10477
3 daqiqa o‘qiladi

Jahondagi 12 ta ajoyib futbol arenasi

Futbol butun sayyora bo‘ylab sevib o‘ynaladigan o‘yin bo‘lib, shunga yarasha hashamdorlik ham kerak, degan fikrlar yuradi. Shu bois bo‘lsa kerak bu sport turiga e'tibor bergan har bir mamlakat o‘z bag‘rida chiroyli va hashamdor futbol arenasi bunyod etishga intiladi. Ayniqsa, bu ishlar o‘sha mamlakatda yirik futbol musobaqasi o‘tishi arafasida juda avj oladi.

Bugun bizning nazarimga ana shunday hashamga ega 12 ta yirik stadion tushdi. Ular yillar mobaynida qayta ta'mirlandi, o‘zida zamonaviy texnologiyaning barcha yutuqlarini jamladi va bugunga kelib futbol ixlosmandlarini hayratga solishda davom etmoqda.

Bursaspor. Bu mamlakat o‘z jamoasiga atab tashqi ko‘rinishini yashil timsohga o‘xshatib qurgan yirik stadiondir. Yirik alligatorning tunlari hatto ko‘zlari ham yonadi.

TsSKA Moskva. Ushba stadion loyihasi 2007 yilda tuzilgan edi. Unda 30 000 tomoshabin ketadi. Unga UYeFA kubogi shaklidagi osmono‘par uyg‘unlashtirilgan. Chunki jamoaning eng yirik yutug‘i aynan shu kubok hisoblanadi.

Vengriya. 68 ming tomoshabinlik yangi arena Ferents Pushkash stadioni o‘rnida 2018 yilda ishga tushadi.

Marsel. Stade Vélodrome — unchalik ham yangi stadion emas. Yevro-2016 oldidan qayta ta'mirlanib, buning natijasida 67 ming tomoshabinni bag‘riga sig‘dira oladigan bo‘ldi.

Katar. Stadionning noodatiy loyihasi 2022 yilda tayyor bo‘ladi. U Fors ko‘rfazidagi baliqchilar qayig‘iga monand tarzda qurilmoqda.

Real Madrid. Ushbu stadion haqiqatan ham chempionlar maydoniga arzigo‘lik ko‘rinishga ega. Futbol ishqibozlari ham buni tasdiqlaydi.

Roma. Rim me'morlari bu stadionni qurishda ikkinchi Kolizeyni barpo etishni niyat qilganliklari ayon bo‘lib qoladi.

Spartak Moskva. An'anaviy rang, 43 ming o‘rin, ularning 12 mingi ustunlar ostida. Futbol ishqibozlarini 2018 yilgi jahon chempionatida aynan mana shu manzara kutib turibdi.

Tottenhem. Stadionning nufuzini oshirish hozircha jamoaga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ammo aksiga olib klub ham so‘nggi paytlarda omad bilan to‘qnashmayapti.

Sent-Eten. Bu yerga kelgan futbol ishqibozi stadionda turib nafaqat futbol o‘yinini, balki tabiatning betakror manzarasini ham maroq ila tomosha qilishi mumkin.

Valensiya. Jamoaning ajoyib o‘yini sabab 75 ming tomoshabinni sig‘dira olgan ushbu stadionning qurilishi 8 yildan buyon davom etayotganini payqash qiyin. 

Zenit Sankt-Peterburg. Ushbu “kosmik kema”ning tugallanishi JCh-2018 ga mo‘ljallangan. Uning me'mori Kise Kurokava hisoblanadi.

Manba: Tribuna.Uz