Fan-texnika | 12:25 / 23.06.2016
4508
1 daqiqa o‘qiladi
Solar Impulse 2 samolyoti Atlantika okeanini ortda qoldirdi
Dunyo bo‘ylab parvozni amalga oshirayotgan, quyosh batareyalaridan quvvat oluvchi Solar Impulse 2 samolyoti Atlantika okeani ustidan 70 soatlik parvozni amalga oshirgach, Ispaniya aeroportiga qo‘ndi, deb xabar qilingan loyihaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
"Samolyotni boshqargan uchuvchi Bertran Pikar Atlantika okeani osmonida 70 soatlik parvozdan so‘ng, Sevile aeroportiga qo‘ndi", — deyiladi xabarda.
Dushanba 20 iyun kuni samolyot Nyu Yorkdan parvozga ko‘tarilgan edi. Solar Impulse 2 Atlantika okeani ustidan parvoz qilishdan avval, Amerika shahriga qo‘ngan edi.