Fan-texnika | 15:51 / 25.06.2016
7922
2 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi elektrovelosipedini namoyish etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi, nafaqat smartfonlar ishlab chiqaruvchisi, balki keng qamrovli texnologik kompaniya ekanini isbotlashga urinmoqda. Yaqinda ushbu korxona taqdim etgan yangi mahsuloti velosiped bo‘lib chiqdi. 

Albatta, oddiy emas, elektrli, yig‘iluvchi QiCycle 2999 yuan (500 dollarga yaqin) turadi hamda egasiga pedallarni aylashtirishda yordam beradi. Uning batareyasi quvvati 45 kmga yetib, vazni — 14,5 kgga teng.

QiCycle to‘plamida, smartfon uchun maxsus ilova ham mavjud, u o‘tilgan masofa, sarf etilgan kaloriya, tezlik va shu kabilarni aniqlash imkonini beradi. 
Velosiped Shimanoning tezlikni o‘zgartirish uskunasi o‘rnatilgan. Old va orqa yoritqichlar ramada joylangan. 

So‘nggi vaqtlarda Xitoyda elektrovelosipedlar juda ommalashib ketdi. Ayrim shaharlarda, ular avtomobillar sonidan ham ko‘pligi xabar qilinmoqda. Shunday ekan, Xiaomi smartfonlari kabi, bu bozorda ham jiddiy raqobatga duch kelishi aniq.

\