Sport | 22:59 / 27.06.2016
7092
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya Ispaniyani yengib, chorak finalga yo‘l oldi

Yevropa chempionatining nimchorak finali doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri Italiya va Ispaniya o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida David de Xea Ederning zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pga Emanuele Jakkerini yetib keldi, darvozabon uning yo‘liga chiqdi, lekin to‘pni olib qo‘ygan Kellini uni darvozaga kiritib yubordi.

O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Lekin Ispaniya vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Oxirgi daqiqalarda esa Antonio Konte shogirdlari qarshi hujumda ikkinchi golni urishdi. Grasiano Pelle yakuniy natijani o‘rnatdi - 2:0.

Chorak finalga chiqqan Italiyaning keyingi raqibi Germaniya bo‘ladi.

Yevro-2016. 1/8 Final.
Italiya – Ispaniya 2:0

Gollar: 1:0 – 33 Kellini, 2:0 – 90 Pelle.
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Barzali, Parolo, Florentsi (Darmian, 84), de Rossi (Motta, 54), Jakkerini, Pelle, Eder (Insine, 82).
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inesta, Buskets, Silva, Fabregas, Nolito (Aduris, 46; Pedro, 81), Morata (Vaskes, 70).
Ogohlantirishlar: De Shilo (23), Nolito (40), Pelle (54), Motta (89), Buskets (89).