Jahon | 08:04 / 28.06.2016
3917
2 daqiqa o‘qiladi

S&P va Fitch reyting agentliklari Buyuk Britaniyaning reytingini pasaytirishdi

Standard&Poor's (S&P) va Fitch xalqaro reyting agentliklari Buyuk Britaniyaning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini pasaytirdilar. Bu haqda agentliklar matbuot-byonotida aytilgan.

S&P Buyuk Britaniyaning bu reytingini eng yuqori "AAA" ko‘rsatkichidan salbiy prognozli "AA" ko‘rsatkichiga o‘zgartirdi.

Fitch, o‘z navbatida, reytinglarni "AA+" dan salbiy prognozli "AA"gacha pasaytirdi.

"Reytingning pasaytirilishi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqadigan bo‘lsa, bu mamlakat iqtisodiyotiga umumiy holda hamda mamlakatning YaIM o‘sishi va byudjyet balansiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi fikrimizni aks ettiradi", deb aytmoqdalar S&P tahlilchilari.

Reyting bo‘yicha salbiy prognoz mamlakatning iqtisodiy xatarlari hamda Buyuk Britaniya milliy valyutasi – funt sterlingning zaxira valyutasi sifatidagi rolini namoyish qiladi.

Fitch tahlilchilari fikricha, referendum atrofidagi mavhumlik mamlakatning YaIM o‘sishining qisqa muddatli istiqbolda sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Fitch Britaniya YaIM o‘sishini 2016 yilda avvalgi 1,9 foizdan 1,6 foizgacha, 2017-2018 yillarda esa 2 foizdan 0,9 foizgacha pasaytirdi.