Jahon | 09:46 / 29.06.2016
5716
2 daqiqa o‘qiladi

Chuntsinda Xitoydagi ikkinchi Disneyland parki qurilishi mumkin

Amerikaning Walt Disney kompaniyasi Xitoy hududida ikkinchi Disneyland parkini qurishni rejalashtirmoqda, yangi ko‘ngilochar maskan mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Chuntsinda qurilishi mumkin. Bu haqida China News  xabar qildi. 

Manba xabariga ko‘ra, Walt Disney kompaniyasi Xitoyning markaziy yoki g‘arbiy qismida yana bir Disneyland parkini qurishni rejalashtirmoqda.

Iyun oyi o‘rtalarida Shanxayda Xitoy hududida 5,5 milliard dollar qiymatga ega birinchi Disneyland parki ochilgan edi. Hongkong maxsus ma'muriy hududida yana bir park mavjud. 

"Biz Disney loyihasini diqqat bilan kuzatyapmiz va uning qurilishiga puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu loyihani qo‘lga kiritish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor", - deydi Chuntsin shahar qo‘mitasi vakili. 

Walt Disney bu borada hozircha ma'lumot bermadi. 

Chuntsin – taxminan 28 million aholiga ega Xitoyning 4ta markaziy shahridan biri. Shahar mamlakatning eng yirik tijorat markazlaridan biri hisoblanadi. 

 

Foto:Google image

Mavzuga oid