Jamiyat | 00:02 / 30.06.2016
7175
1 daqiqa o‘qiladi
Havo sharlarini yorib tashlagan terer kuchugi Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
Jyek-rassel-terer zotiga mansub bo‘lgan Tvinki laqabli itning sharlarni yorayotgan tasviri aks ettirilgan rolik 19 million marta tomosha qilingan. Videoyozuv 27 iyun kuni Ginnes rekordlari kitobining feysbukdagi sahifasiga joylangan. 40 mingdan ortiq foydalanuvchilar rolikga o‘zi izohlarini qoldirishgan.
Tvinki Kaliforniyada (AQSh) yashaydi. U 39,08 soniyada 100ta sharni yorishga muvaffaq bo‘ldi va yangi rekord o‘rnatdi. Bundan avvalgi rekord 2015 yilda Britain's Got Talent shousida 41,67 soniyada o‘rnatilgan.
Guinness World Records sayti xabar berishicha, Tvinki sharlarni yorishga bo‘lgan katta ishtiyoqni onasi Anastasiyadan meros qilib olgan. Anastasiya ham ikki marotaba analogik rekordni qayd etgan edi.