Fan-texnika | 18:25 / 01.07.2016
9063
1 daqiqa o‘qiladi

Bloger oddiy iPhone qurilmasini iPhone 7'ga aylantiruvchi ko‘rsatmani taqdim etdi

PeripateticPandas nomi ostidagi YouTube videoplatformasi foydalanuvchisi iPhone 6s smartfonini qanday qilib sentabr oyida namoyish qilinadigan yangi iPhone 7'ga aylantirish mumkinligi aks etgan yo‘riqnomani taqdim etdi.

Rolik muallifi rolikni yaratish uchun navbatdagi Apple smartfonining ayrim qismlari haqidagi ma'lum manbalardan ilhom oldi. Gadjyetni «yig‘ish» uchun bloger drill, kantselyariya pichog‘i, tekislash jihozi va boshqa asboblardan foydalandi. 

Ko‘rsatma 10 bosqichdan iborat. Ularda bloger 3.5 mm ulagichni kavsharlash, drill yordamida qanday qilib, parmalab qo‘shimcha teshik, ikkinchi dinamika ochish, korpusning orqa tomonida ikkinchi kamerani yopishtirish kerakligini ko‘rsatib o‘tgan.

Shuningdek, u qurilma korpusini bo‘yadi. OAV xabar qilishicha, yangi iPhone Deep Blue va Space Black kabi ranglarda chiqadi. Muallif barcha ish jarayonini ko‘prik ustida amalga oshirdi.