Light | 15:21 / 02.07.2016
15151
3 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning eng yaxshi ko‘zboylag‘ichlari aniqlandi

Amerikaning Neural Correlate Society notijorat tashkiloti inson ongining atrofdagi jarayonlarni qabul qilishiga oid ilmiy natijalarni tashviqot qilish bilan shug‘ullanib, har yili «Yilning eng yaxshi illyuziyasi» nomli tanlov o‘tkazib keladi. Iyun oyi oxirida, u o‘zining YouTube sahifasida, 2016 yilgi tanlov finalchilarining ishlarini joylashtirdi. 

1. O‘zgaruvchan silindrlar -Yaponiyaning Meydzi universiteti olimlarining izohsiz tushunarli bo‘lgan, biroq  ancha samarali ko‘zboylashi

2. Qush bilan amalga oshirilgan zootrop. Zootrop — kinoproyektorning prototipi bo‘lib, aslini olganda o‘ziga xos ko‘zboylash vositasidir. Ammo, singapurlik olimlar uni birmuncha takomillashtirishning uddasidan chiqishdi. Odatda, silindr ichiga suratlarning turli harakatlardagi tasviri chizilib, u aylantirilganda suratlar harakatlana boshlaydi. Yangi holatda, suratlar silindrning tashqi tomoniga joylangan. Shunga qaramay, tomoshabin ko‘z o‘ngida qush qafas ichiga tushgandek ko‘rinadi. 

3. «Ichki o‘rnatilgan» harakat - amerikalik olimlar ham osiyolik hamkasblaridan chetda turishni xohlashmagan shekilli, oq va qora chiziqlarning harakatini ajoyib usulda amalga oshirishgan. 

4. Mellyuziya - bu shamol tegirmonlari bilan amalga oshirilgan illyuziyadir. Ular bir qarashda turli tomonga harakatlanayotgandek ko‘rinadi, aslida esa unday emas. Bu belgiyalik olimlar mahsuli. 

5. Turli tusli pufaklar. Bu ko‘zboylashni ilg‘ash uchun monitorga yaqinroq joylashib olish kerak. Agar turlio‘lchamdagi kulrang sharchalar tezlik bilan bir xil o‘lchamdagi, bir necha doiralarga ega rangli sharchalarga almashtirilsa, inson ko‘ziga kulrang sharchalar o‘rniga turli o‘lchamdagi pufaklar paydo bo‘layotgandek tuyuladi. 

6. Raqsga tushayotgan harflar. Aytish joizki, britaniyalik olimlarning bu illyuziyasi unchalik ham murakkab emas. Bir qarashda harflar harakatlanayotgandek tuyuladi, aslida ular shunchaki tusini o‘zgartirishmoqda. 

7. Faza-aksilfaza. Ma'lum bir sharoitlarda, aksilfazada yonib-o‘chib turgan to‘g‘riburchak bir vaqtda yonayotgandek tasavvur uyg‘otadi. 

8. Qisqargan barmoq - bu illyuziya shunga asoslanganki, ma'lum bir burchak ostida turgan narsaning yarmi uning butunidek ko‘rinadi. Agar stol tennisi sharchasini o‘rta barmoqqa kiydirilsa, barmoq kichrayib qolgandek tasavvur paydo bo‘ladi. 

9. Ma'lum va mashhur bo‘lgan kontrastli illyuziyaning yangicha talqini. Agar fotosuratning yorqin joylari qoraytirilsa, so‘ngra avvalgi nusxaning qora joylari yoritilsa, birxil tusdagi surat bir-biridan farq qilib qoladi. 


Mavzuga oid