Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya milliy gvardiyasi (Rosgvardiya) to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Hujjat matni, huquqiy axborot beruvchi rasmiy internet portalda e'lon qilingan.
«Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlari harbiy tashkilot bo‘lib, davlat va jamoat xavfsizligini ta'minlash, inson hamda fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan», — deyiladi federal qonun matnida.
Unda qayd etilishicha, milliy gvardiya qo‘shinlariga bevosita mamlakat prezidenti rahbarlik qiladi.
Mazkur qonun loyihasini 22 iyun kuni Davlat dumasi, 29 iyunda Federatsiya kengashi qabul qilgan edi.
Davlat ijroiya hokimiyatining yangi federal organi - terrorizm, uyushgan jinoyatga qarshi kurash bilan shug‘ullanib, favqulodda holatlar va aksilterror amaliyotlarning huquqiy tartibini ta'minlaydi, davlat inshootlari va maxsus yuklarini qo‘riqlaydi, davlat chegaralarini qo‘riqlashda FXXga yordam beradi.
Bundan tashqari, Rosgvardiyaga qo‘riqlash faoliyatini olib borish va qurol-yarog‘lar aylanmasini nazorat qilish vazifasi yuklangan.
Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya IIV ichki qo‘shinlar negizida tashkil etiladi.
Foto: TASS
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
08:40 / 13.05.2025