Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston TIV ShHTning Toshkent sammitidagi voqea uchun uzr so‘radi
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov, qozog‘istonlik diplomat bilan ro‘y bergan va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan voqea yuzasidan uzr so‘radi. O‘shanda, qozoq diplomati Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ShHT Toshkent sammitida nutq qilayotganda, uning ortida e'tiborsizlik qilgan edi.
«Biz hammamiz insonmiz, charchaymiz, esnaymiz, uyqusiraymiz. Bular, barchamizga xos xislatdir. Bu yerda bundan boshqa narsani ko‘rish noto‘g‘ri bo‘lar edi», – degan tashki ishlar vazirligi rahbari.
Shu bilan birga, uning aytishicha, diplomat — bu doimo ko‘pchilik ko‘z o‘ngida turuvchi kasb egasi bo‘lgani bois, har doim sergak va hushyor turishi lozim. O‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iz davlat rahbari Almazbek Atambayev ShHTning Toshkentdagi sammitida so‘zga chiqqan vaqtida, uning ortida o‘tirgan qozoq diplomatining o‘zini tutishi turli ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025