Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi ibodat maydonida portlash sodir bo‘ldi
Payshanba 7 iyul kuni, Bangladeshda musulmonlarning bayram ibodatini amalga oshirish maydoniga kiraverishda amalga oshirilgan portlashda 5 kishi jarohatlangan, deb xabar qilmoqda Sinxua.
Hodisa, mamlakat poytaxti Dakkadan 117 km uzoqlikdagi Sholakiya aholi punktida yuz bergan. U, minglab musulmonlar ibodat qilishi uchun keng, ochiq maydonga ega. Odamlar hayit namozini ado etish uchun to‘planganda ushbu portlash amalga oshirilgan.
Yaralanganlarning bir necha nafaari politsiya xodimlari ekani aytilmoqda. Hozircha, jinoyat uchun javobgarlikni hech bir guruh olgani yo‘q.
Avvalroq, "Jamaat ul-mujahiddin" tashkiloti shunga o‘xshash jinoyatni sodir etgan edi. Ular, shu yo‘l bilan mamlakatda shariat qonunlarini joriy qilishga erishmoqchi.
Foto: © Flickr/ Marufish
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
10:40 / 05.05.2025