Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada iste'molchilar ishonchi so‘nggi 22 yilda rekord darajada tushib ketdi
Buyuk Britaniyaning iste'molchilar ishonchiga oid ko‘rsatkichi Brexit bo‘yicha referendumdan so‘ng, oxirgi 22 yilda rekord darajada pasayib ketdi. Marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi GfK firmasi o‘tkazgan so‘rovlar shundan darak bermoqda.
Qayd etilishicha, iyul oyida bu raqam iyundagiga qaraganda 8 punktga pasaygan. Bu kabi pasayish o‘tgan asrning 94 yilida kuzatilgan edi. So‘rov natijalariga ko‘ra, iste'molchilarning 60 foizi kelasi 2017 yilda umumiy iqtisodiy holat yomonlashuvini taxmin qilmoqda. So‘ralganlarning faqatgina 20 foizi ahvol yaxshilanishiga umid qilmoqda.
GfK tahlilchilarining fikricha, Buyuk Britaniyada referendum o‘tkazilganidan so‘ng, turizm va savdo sohasi zaiflashgan. Ta'kidlanishicha, britaniyaliklar asosan ana shu tomondan mablag‘larini ko‘proq tejashga urinishadi.
Foto:Google image
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025