Jamiyat | 18:36 / 08.07.2016
15074
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Belgiyalik egizak aka-ukalar 103 yoshni qarshi olishdi

Belgiyaning eng yoshi ulug‘ egizaklari 8 iyul kuni o‘zlarining 103-tavallud ayyomlarini nishonlashdi. Piter va Paulus Langerok umrlarining katta qismini birga yashab o‘tkazishdi. Bu haqida  Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Egizak aka-ukalar oila qurishmagan va ba'zan bundan afsuslanishadi, chunki ularning na farzandi va na nevarasi bor. Langeroklar avval sud xodimlari sifatida faoliyat yuritishgan, hozir esa ular Belgiyadagi Gent shahri yaqinidagi qariyalar uyida istiqomat qilishadi. Ular bir-birlarini eng yaxshi do‘st deb hisoblashadi. 

Piter va Paulus Langeroklar o‘z ayyomlarini fransuz qizil vinosi bilan nishonlashdi.

Ular eng ko‘p yashagan egizaklar jahon rekordidan o‘tishiga atigi 2 yil qoldi. Hozircha bunday natija 105 yil birgalikda hayot kechirgan AQShlik egizak aka-ukalar - Glen va Deyl Moyyerlarga tegishli.

Mavzuga oid