Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada Janubiy Dakota harbiy bazasiga yo‘lovchi samolyoti qo‘ndi
Amerikaning Delta aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti uchuvchilarning xatosi sababli Janubiy Dakota shtatidagi harbiy bazaga qo‘ndirilgan. Bu haqda, The Guardian gazetasi, AQShning transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengashga tayangan holda xabar qilmoqda. Havo layneri 130 nafar yo‘lovchi bilan Minneapolis shahridan parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, samolyot AQShning Elsuort harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘ngan. Aslida, havo kemasi bazadan 16 kilometr uzoqlikdagi Rapid Siti hududiy aeroportiga qo‘nishi kerak edi.
Xabarlarga ko‘ra, samolyot bazaga qo‘ngach, yo‘lovchilarga samolyotni tark etishga ruxsat berilmagan, oynalarining pardalari tushirilgan va harbiylar o‘rgatilgan itlar yordamida havo layneri bortida tekshiruv o‘tkazgan.
Delta aviakompaniyasi rahbariyati xodimlarining xatosi sabab mijozlaridan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025