Jahon | 10:32 / 09.07.2016
8302
1 daqiqa o‘qiladi

Russef o‘z xohishi bilan Braziliya prezidenti lavozimini tark etmaydi

Braziliya parlamenti Senati qarori bilan vaqtincha davlat rahbari lavozimidan chetlashtirilgan Dilma Russefning bayonotiga ko‘ra, uning o‘z xohishi bilan iste'foga chiqish niyati yo‘q, deb xabar qilmoqda Telesur telekanali. 

«Taslim bo‘lmayman, mening ham g‘ururim va qadrim bor», — degan Russef. 

Braziliya prezidenti San- Paulu shahrining feminchi harakatlari vakilalari bilan uchrashuvida shunday bayonot bergan. 

Ma'lumki, Dilma Russef iyun oyi o‘rtalarida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishiga rozilik bildirgan edi. 

12 may kuni Braziliya Senati, mamlakat rahbari Dilma Russefni vaqtincha vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilgan edi. 

Russef, Petrobras davlat neft kompaniyasidagi korrupsiyaga aloqador jinoiy bo‘yicha tergov va mahkama jarayonlariga to‘sqinlik qilganlikda gumon qilinmoqda. 

Mavzuga oid