Jamiyat | 19:22 / 10.07.2016
18507
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Virjiniya shtati plyaji suvlarida qo‘rqinchli ko‘rinishdagi baliq paydo bo‘ldi

AQShning Virjiniya shtatida syorfing bo‘yicha chempionat vaqtida mahalliy axborot agentligi xodimi plyajdagi qum orasidan yulduzsanar baliqni aniqladi (shuningdek, dengiz sigirchasi deb ataladi). Bu baliqning katta boshi va dog‘-dog‘ rangdagi yassilangan tanasi bo‘ladi. Bu haqda Fox26 portalida ma'lum qilindi.

Chesapeake buxtasi saytining ma'lum qilishicha, bu baliqlar odatda ochiq, chuqur suvlarning tubida yashaydi. Ta'kidlanishicha, baliqning shahar plyajida aniqlanishi juda g‘alatidir.

Shuningdek ta'kidlanishicha, bu baliqlar ko‘zlari va og‘zi bilan qumga ko‘milib oladi, og‘zi biroz qum ustiga o‘ljasiga tashlanish uchun chiqib turadi. Chempionat tashkilotchilarining fikricha, bu baliqlarning beozor fe'liga qaramasdan, uning elektr tikanlari odam uchun muayyan xavf soladi va ularni haqiqiy yirtqich qiladi.