Disney filmlari rekord natijani qayd etdi

Google image
Walt Disney Studios filmlari 2016 yil jahon prokatida 5,02 milliard dollar ishlab oldi. Shunisi diqqatga sazovorki, bunday ko‘rsatkichlarga rekord muddatda erishildi. Bu haqida Deadline nashri xabar berdi.
"Kapitan Amerika: Fuqarolik urushi" filmi butun dunyo bo‘ylab 1,15 milliard dollar, "Zutopia" - 1,02 milliard dollar, "Changalzor kitobi" - 936 million dollar, "Dorini izlab" - 643 million dollar to‘pladi.
Bundan avvalgi rekord natija Universal'ga tegishli bo‘lgan: 2015 yilning 17 iyulida "Yura davri dunyosi" filmidan tushgan pullar 5 milliard dollarga yetgan. Disney'ga keladigan bo‘lsak, studiya o‘z tarixida ikkinchi marta 5 milliard dollar ko‘rsatkichini qayd etdi.
2016 yilda Disney "Pitning ajdarhosi" (avgustda), "Doktor Strenj" va "Moana" (ikkalasi ham noyabr oyida chiqadi), "Qaroqchi:Yulduzlar jangi hikoyalari" (dekabrda) kabi lentalarini taqdim etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

03:00
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

17:20 / 05.05.2025
Disney «Yulduzlar jangi» filmidagi droidning o‘xshashini taqdim qildi

13:04 / 04.03.2025