Fan-texnika | 18:59 / 11.07.2016
8667
1 daqiqa o‘qiladi

Nintendo aksiyalari Pokemon Go o‘yini tufayli 25 foizga qimmatlashdi

11 iyul kuni Tokio birjasida Nintendo kompaniyasining aksiyalari mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan Pokemon Go o‘yinining keskin ommalashuvi sabab 25 foizga oshdi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi

Qimmatbaho qog‘ozlar Nintendo kompaniyasining 33 yillik  tarixida ilk marta bunday rekord natijani qayd etdi. Aktsiyalar narxi 8 iyul kuni o‘sa boshlagan va 11 iyulga kelib, 25 foizdan ziyod qimmatlashgan.

Shu tariqa o‘yin ishlab chiqaruvchining bozordagi bahosi bir necha kunda 7,5 milliard dollarga oshib, umumiy 23 milliard dollarni tashkil qildi. 

Mavzuga oid