Jahon | 10:25 / 12.07.2016
8533
2 daqiqa o‘qiladi

Kemeron iste'foga chiqqanini e'lon qilganidan so‘ng kuylab yubordi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron yaqin kunlarda iste'foga chiqishini e'lon qilganidan so‘ng mikrofonni o‘chirish yodidan ko‘tarilib, Dauning-strit 10 ko‘chasida joylashgan Britaniya vazirining qarorgohiga kiraverishda kuy xirgoyi qilgan. 

Mazkur videoni VVS muxbiri Deniyel Senford o‘zining Twitter'dagi sahifasida namoyish qildi

Videotasmada Kemeron avval yig‘ilgan jurnalistlarga "Katta rahmat sizlarga" deb minnatdorchilik bildiradi, so‘ng binoga qarab yo‘l oladi. 

Bino eshigi yonida bosh vazir "tu, tu, du, du" deya kuy xirgoyi qila boshlaydi va hoynahoy, jurnalistlar oldida qilgan chiqishidan mamnun bo‘lib o‘ziga-o‘zi "Ha, hammasi yaxshi" deydi. 

May oyida ham shunday holat ro‘y bergan edi - Kemeron mikrofonning yoqig‘ligini yodidan chiqarib qo‘ygandi. 

O‘shanda u bir qator vazirlar va qirolicha Yelizaveta II'ning yonida "Nigeriya va Afg‘oniston dunyodagi poraxo‘rlik eng yuqori darajada avj olgan mamlakatlar bo‘lsa kerak" deb, siyosiy jihatdan noto‘g‘ri fikr bildirgan edi.

Mavzuga oid