Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada "Oq kitob"ning yangi tahriri tasdiqlandi
Germaniya vazirlar mahkamasi «Bundesverning kelajagi va nemis xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oq kitob» — mamlakat harbiy doktrinasining yangi tahririni ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Germaniya federal hukumati sayti.
Ta'kidlanishicha, hujjatda Germaniyaning xavfsizlik sohasidagi manfaatlari va GFRning xavfsizlik sohasidagi siyosatining negizini tashkil etuvchi qadriyatlar aks etgan.
"Oq kitob" matniga muvofiq, Germaniya BMT missiyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Shuningdek, unda NATO va YeIni kuchaytirish choralariga ham to‘xtab o‘tilgan.
Shu bilan birga, Germaniya YeXHT faoliyatida ham faol ishtirok etishni rejalashtirgan.
So‘nggi marotaba, Germaniya hukumati 2006 yilda "Oq kitob"ga o‘zgartirish kiritgan edi.
Mavzuga oid
10:12 / 19.04.2025
Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari rahbarlari terrorizmga qarshi kurashni muhokama qildi
10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
15:32 / 15.03.2025
Bundesver o‘zining birinchi hududiy mudofaa bo‘linmasini tashkil qildi
18:54 / 10.03.2025