Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh JSTga qaysi davlat ustidan shikoyat qildi?
Jahon savdo tashkilotiga (JST) 13 iyul kuni AQSh tomonidan Xitoyga qarshi da'vo arizasi berildi. Vashingtonda ta'kidlanishicha, Xitoy 15 yil avval JSTga qo‘shilayotganda xom-ashyo tovarlari bo‘yicha eksport bojlarini bekor qilish mas'uliyatini o‘z zimmasiga olgan.
AQSh XXRni grafit, kobalt, mis, qalay, qo‘rg‘oshin, surma, tantal, talk va boshqa bir qator metallarga 5 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan eksport bojlari xali ham kuchda ekanligida ayblamoqda. AQSh hukumatining fikricha, eksport bojlarining saqlanib qolishi Xitoyning mamlakat tashqarisidagi daromadini yanada qimmatlashtirib, ularning o‘z hududida ishlab chiqarilishini subsidiyalashtiradi.
XXRning AQShdagi elchixonasi vakili Chju Xaytsyuan Amerika hukumatini da'volarini ko‘paytirmaslikni aytib ogohlantirdi: "Xitoy Qo‘shma Shtatlarini JST qoidalariga qat'iy amal qilishga va dempingga qarshi choralarni haddan ziyod qo‘llamaslikka chaqiradi".
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025