Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Mashina ichida qolib ketgan ayiq bolasi
Kolorado shtatidagi Golden shahrida sherif yordamchilari Tillman va Maklafin avtomobil ichida qulflanib qolgan ayiqchani videoga olishdi. Bu haqida Mashable nashri ma'lum qildi.
Jonivor qanday qilib mashinaning ichiga kirgani noma'lum. Mashina oynalari butun, oynalardagi namlik esa ayiqchaning u yerda ancha vaqt o‘tkazganligidan dalolat beradi.
Sherif yordamchilaridan biri yukxonaning eshigini ochishga muvaffaq bo‘ldi, ikkinchisi esa uning yonida ehtiyot chorasi sifatida qurol ushlab turdi. Tashqariga chiqqan ayiqcha ularga qaramay, o‘rmon tomon yugurib ketdi.
Mavzuga oid
00:27 / 01.05.2025
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi
10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi
11:14 / 21.01.2025