Fan-texnika | 20:43 / 15.07.2016
5575
1 daqiqa o‘qiladi

Ford xodimlari robotlarni qahva tayyorlash va massaj qilishga o‘rgatdi

Ford kompaniyasining Yevropadagi bo‘limi liniyasida chiqarilgan robotlarning imkoniyatlari kengaytirildi. Masalan, elektron assistentdandan qahva tayyorlab berish yoki massaj qilib qo‘yishni "so‘rash" mumkin bo‘ladi.

Yangi apparatlar sinovi uni nemislarning KUKA Roboter GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlagan «Ford»ning Kyolndagi korxonasida o‘tkazilgan.

Robotlar «mustaqil o‘rganish» funksiyasi bilan ta'minlangan, shuningdek unda ish vaqtida odamlarni jarohatlamaslikni ta'minlovchi maxsus sensorlar o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, qurilmani dasturlash orqali ularni ichimliklar olib kelish, qahva tayyorlash va massaj qilishga yo‘naltirish mumkin.

Hozircha Kyolndagi zavodda shunday robotlardan ikkitasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Kelgusida «Ford»ning Yevropadagi boshqa zavodlarida ham shunday qurilmalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati AQSh hududidagi kompaniyalarda ham shunday robotlarni qo‘llashni rejalashtirgan.