Fan-texnika | 23:09 / 16.07.2016
15467
8 daqiqa o‘qiladi

«Boing»ning sermahsul yuz yilligi

Bu yil Amerikaning Boeing korporatsiyasi yuz yilligini nishonlaydi. Tadbirkor Uilyam Boing 1916-yil 15-iyulda AQShning Sietl shahrida Pacific Aero Products kompaniyasiga asos solgan edi. Bundan 1 oy muqaddam, u va dengiz muhandisi Jorj Uestervelt hamkorligida ishlab chiqilgan Model 1 havoga ko‘tarilgandi. Ikkinchi jahon urush avvalida, Boeing kompaniyasi AQSh strategik aviatsiyasining asosiy yetkazuvchisiga aylanib ulgurdi. Hozirgi vaqtda Boeing — McDonnel Douglas, North American, Rockwell, Convair kabi bir qator raqobatchi firmalarni o‘z tarkibiga olgan yirik, keng qamrovli aviasozlik korporatsiyasidir. U, fuqarolik havo laynerlari, qiruvchilar, transport va maxsus samolyotlar ishlab chiqaradi. Quyida e'tiboringizga korporatsiya tomonidan ishlab chiqilgan eng mashhur mahsulotlar xususida ma'lumot berishga harakat qildik. 


1.  Bo‘lg‘usi megakorporatsiyaning ilk samolyoti 

Model 1 — bir motorli o‘quv suzuvchi biplanidir. Ba'zan B&W Seaplane deb ataladigan havo mashinasi Sietlda, firmaning rasmiy tashkil etilishidan bir oy avval, 1916-yil 15-iyunda barpo etilgan edi. Umuman, bu samolyotdan atigi 2 dona ishlab chiqarilgan, Amerika havo floti ularni qabul qilishni rad etdi, biroq, Yangi Zelandiyaning uchuvchilik maktabi havo kemasiga qiziqish bildirdi. Shu bilan Boeing o‘zining ilk eksport buyurtmasiga ega bo‘ldi. 


2.  «Uchuvchi qal'a»

Firmaning birinchi tomma'nodagi yirik loyihasi. Og‘ir, to‘rtmotorli bombardimonchi samolyot 1938-yili Qurolli kuchlar tarkibiga qabul qilingan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushining timsollaridan biri hisoblanadi. 1945-yilgacha bu samolyotdan salkam 12,7 ming dona ishlab chiqildi. Suratda, bugungi kungacha saqlanib qolgan B-17 namunalaridan birini ko‘rish mumkin. 

3.  «Superqal'a»

Bu mashina strategik aviatsiya uchun maxsus ishlab chiqilgan havo layneri hisoblanadi. Undan 1943-46-yillarda jami 4 mingga yaqin ishlab chiqarilgan. Bu turdagi samolyotlar, Tinch okeanidagi jangovar harakatlarda keng qo‘llanilgan. Xususan, ayni shu samolyotlar yordamida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlangan edi. Suratda, shu turdagi bombardimonchi samolyotning yagona saqlanib qolgan namunasi aks etgan. 

4.  Oltimotorli «strateg»

B-29 o‘rnini egallagan bu samolyot reaktiv havo layneri bo‘lib, uning 2000 donasi o‘tgan asrning 50-60-yillarida o‘zlarining asosiy vazifasi — buyruq bo‘lgan taqdirda SSSRning ichki hududlariga keng qamrovli yadro zarbalari berish uchun shay turgan. Ularning asosida barpo etilgan va radioelektron shovqin hosil qiluvchi EB-47 samolyoti 1977-yilgacha AQSh HHKga xizmat qildi. RB-47 ayg‘oqchi samolyotlari esa, 1950-yillarda sovet havo kengliklarining deyarli doimiy mehmonlari bo‘lishgan. 

5.  “Sovuq urushi ramzi”

1952-62-yillarda ishlab chiqilgan B-52 havo layneri (jami 744 ta ishlab chiqilgan), birmuncha jiddiy modernizatsiyalardan so‘ng, hamon Amerika qurolli kuchlari safida xizmat qilishda davom etmoqda. Suratdagi B-52, 2016-yil iyun oyida Polshaning Boltiqbo‘yi sohillarida BALTOPS harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. 

6.  Eng ko‘p ishlab chiqilgan reaktiv yo‘lovchi samolyoti

1966-yildan hozirgacha ushbu havo transport vositasining turli rusumlaridan 9 mingdan ortiq ishlab chiqilgan. Aniqrog‘i «ushbu tasnif»dagi deyilsa to‘g‘riroq bo‘ladi, chunki, ayni model negizida turli vazifalarga mo‘ljallangan har xil samolyotlar ishlab chiqilgan. Suratda —Boeing 737-100ning 1967-yil aprelida bo‘lib o‘tgan sinov parvozi. 

7.  Dunyodagi birinchi uzoq masofaga uchadigan keng salonli samolyot

Bu rusumdagi samolyotlardan ham yo‘lovchi tashishda ham yuk samolyotlari sifatida foydalanilgan. 1968-yili ishlab chiqarilishi boshlangan bu havo laynerlaridan shu paytga qadar 1,5 mingta ishlab chiqilgan. Suratda, Boing «747» Everettdagi zavoddan olib chiqilmoqda (Vashington shtati), 1970-yil.

8.  Yangi keng fyuzelyajli samolyot

Uning birinchi havoga ko‘tarilishi 1994-yili amalga oshirildi. Shu paytga qadar, undan 1,4 mingta ishlab chiqilgan. U, 2005-yilda yo‘lovchi samolyotlar orasida uzoq masofaga parvoz qilish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. O‘shanda, Honkongdan Londonga sharqiy yo‘nalishda parvoz qilgan havo layneri jami 21,6 ming kilometrni ortda qoldirgandi. Parvoz 22 soat-u 42 daqiqa davom etgan.

9.  Yangi kengfyuzelyajli yo‘lovchi «Boing»i

2007-yili ishlab chiqila boshlangan yangi «Boing», birmuncha eskirgan va zamon talablariga javob bermay qolgan «767»larni almashtirishi kerak.

10.  Yana bir umri uzoq samolyot

1956-yilda barpo etilgan «uchuvchi tanker», AQSh HHKlariga hamon xizmat qilmoqda. Amerika harbiylariga xos bo‘lgan havo amaliyotlarining keng ko‘lamligi bu kabi laynerlardan foydalanishni talab qiladi. KC-135, Boeing 367-80 reaktiv transport samolyoti negizida ishlab chiqilgan. 


11.  «Uchuvchi radar»

Radiolokatsion aniqlash va boshqaruv samolyoti kabi uchar mashinalar har qanday zamonaviy Harbiy Havo Kuchlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular, havo va suvusti kengliklarini nazorat qilish barobarida nishonni ko‘rsatish va manzilga yo‘naltirish vazifasini bajaradi. Suratda E-3lardan biri Kanadadagi Kold Leyk aviabazasiga qo‘nmoqda. 1997-yil, noyabr.

12.  Kemalarga qarshi yangi avlod samolyoti

Dengiz kemalariga qarshi yangi avlod patrul samolyoti, “sovuq urush” davrining ma'nan va texnik jihatdan eskirgan timsoli — P-3 Orion o‘rnini egallashi kerak. Suratda shunday yangi  «Poseydon»lardan biri. U, Malaysia Airlines aviakompaniyasining g‘oyib bo‘lgan Boeing 777 samolyotini qidirish uchun Avstraliyaning Pert shahri aeroportidan havoga ko‘tarilmoqda. 2014-yil, aprel.

13.  «Boing» boshqa mahsuloti

Amerikaning mashhur aviasozlik korporatsiyasi faqat samolyotlar ishlab chiqargan, deb o‘ylash yanglish fikrlash hisoblanadi. U, 1962-yildan beri harbiy safda turib kelayotgan harbiy-transport vertolyotini ham ishlab chiqargan. AQShning Vetnamdagi urushdan keyingi barcha harbiy harakatlarida qatnashgan vertolyot 19-asrlarda Shimoliy Amerikaning tubjoy aholisini qirg‘in qilish siyosatidan omon qolgan hindu qabilalaridan birining sharafiga “Chinuk” deb nomlangan. 

14.  Bell kompaniyasi bilan hamkorlik mahsuli

Ushbu uchar qurilma konvertoplanlar toifasiga kiradi. Ya'ni, uning dvigatellari o‘z pozitsiyasini o‘zgartira oladi. Vertolyot sifatida havoga ko‘tarilgan konvertoplan vintomotorlarini oldinga yo‘naltirishi mumkin. Mashina Amerika mudofaa vazirligi tomonidan Dengiz piyoda qo‘shinlari va maxsus amaliyot kuchlari ehtiyojlari uchun transport-desant va qidiruv-qutqaruv uchish vositalari sifatida xarid qilinadi.

15.  «Boing» raketalari

Amerika aviasozlik korporatsiyasi raketa-fazo ishlanmalarini ham hayotga muvaffaqiyatli tatbiq eta olgan. Uning (xususan ballistik raketalar ham ishlab chiqqan) qanotli mahsulotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, birgina tajribaviy orbital uchuvchisiz qurilmasi X-37ni eslash kifoya. Hozirgi vaqtda, uning to‘rtinchi sinov parvozi amalga oshirilmoqda. Birinchisi 2010-yilda bo‘lib o‘tgandi. Ayni damda X-37ning aniq maqsadi oshkor etilmayotgan bo‘lsa-da, tahlilchilar, uni fazoviy qurol olib yura oladigan orbital razvedka qurilmasi deb taxmin qilishmoqda.