Jahon | 13:16 / 18.07.2016
8523
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘on Turkiya bo‘ylab patrul parvozlari o‘tkazishga buyruq berdi
Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat osmonida patrul parvozlarini o‘tkazishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Nazorat parvozlarini F-16 qiruvchi samolyotlari Turkiyaning barcha hududi bo‘ylab amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, parvozlar havo kengliklari nazoratini ta'minlash va xavfsizlik choralariga rioya etish maqsadida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya qurolli kuchlari tarkibidagi bir guruh isyonchilar, 16 iyulga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
00:30 / 14.09.2024
Kongoda davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 37 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:33 / 21.05.2024