Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnik sabablarga ko‘ra avgust oyida Afrosiyob o‘rniga «Registon» qatnaydi
Afrosiyob tezyurar poyezdi reyslari (Toshkent-Samarqand-Toshkent) 2−4, 9−11 va 15−17 avgust kunlari texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Ushbu kunlarda poyezd o‘rnini tezyurar «Registon» poyezdi egallaydi. Bu haqda «Toshkent» vokzali ma'lumotlar xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Toshkentdan 8:00 da yo‘lga chiqqan poyezd Samarqandga 10:45da yetib boradi. Poyezd Samarqandni 17:00 dan tark etib, Toshkentga soat 19:45da kirib keladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda Afrosiyob reyslariga chipta olishni istagan yo‘lovchilar poyezdlar almashgani to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
11:52 / 22.01.2025
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi
20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
09:40 / 18.01.2025