Armaniston hukumati Vazirlar Mahkamasining iste'fosini muhokama etmoqda
Armaniston rahbariyati Yeravan politsiya idorasida garovga olish holati bilan bog‘liq voqealar sababli mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish masalasini muhokama etmoqda. Bu haqda "Aykakan jamanak" gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatdi.
17 iyul kuni bir guruh qurollangan shaxslar Yerevan shahridagi politsiyasi patrul-post polki hududiga kirib olib, shundan beri u yerdagi kishilarni garovda tutib turibdi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, binoni egallab olish chog‘ida jinoyatchilar bir nafar politsiya xodimini o‘ldirgan, olti kishi, jumladan 5 politsiyachi tan jarohati olgan. Qurollangan guruh 4 nafar politsiya xodimi, xususan Armaniston politsiyasi rahbari o‘rinbosari Vardan Yegiazaryan va Yerevan shahar politsiya mahkamasi rahbari o‘rinbosari Valeriy Osipyanni garovda ushlab turibdi.
Jinoyatchilar Qorabog‘ mojarosi ishtirokchisi, radikal muxolifat hisoblanmish "Yangi Armaniston" yetakchisi Jirayra Sefilyanni ozod etishni talab qilishmoqda. Ushbu shaxs noqonuniy qurol saqlaganlikda ayblanmoqda. Hukumat vakillari guruh a'zolari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
10:10 / 09.10.2024