Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook kompaniyasi o‘zining birinchi dronini sinovdan o‘tkazdi
Jahonda mashhur ijtimoiy tarmoq Facebook kompaniyasi o‘zining birinchi uchuvchisiz qurilmasi Aquilaning sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgan. U, Arizona janubi-g‘arbida bo‘lib o‘tgan. Tarmoq asoschisi Mark Tsukerberg shu haqdagi matbuot bayonnomasini o‘z sahifasiga joylashtirgan.
Xabarlarga ko‘ra, Bir necha oylar davomida dronning yirik nusxasi sinovdan o‘tkazilgan. Iyun oyi oxiridan esa, haqiqiy samolyotning o‘zi havoga ko‘tarilgan. Ta'kidlanishicha, uning qanotlarining umumiy qamrovi Boeing 737 qanotlaridan uzundir.

Quyosh batareyalaridan quvvat oluvchi samolyot havoda bir yarim soat parvoz qilgan, uni mutaxassislar guruhi kuzatib borishgan. Dronning uchishi va qo‘nishi avtomatik tarzda amalga oshirilgan.
Aquila loyihasining maqsadi dunyoning chekka hududlarini quyosh energiyasida uchadigan dronlar va lazer nurlari yordamida internetga ulashdir.

Mavzuga oid
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
22:15 / 15.01.2025