Poroshenko ukrainaliklarni Volin fojiasi uchun uzr so‘rashga chaqirdi

Foto: Globallookpress.com
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Polsha Seymining Volin fojiasini genotsid sifatida tan olishidan afsusda ekanini bildirdi. Shu bilan birga, u mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, o‘sha voqealar uchun kechirim so‘rashga chaqirgan. Bu haqda davlat rahbari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilgan.
«Biz Ioann Pavel II (marhum Rim papasi)ning duosini aytishimiz kerak — kechiramiz va kechirim so‘raymiz», — deya Polsha quyi palatasi qaroriga izoh bergan Ukraina davlat rahbari.
Prezident shuningdek, mazmunidan Polsha va Ukraina xalqlariga murojaat etib, «faqatgina birgalikda umumiy tariximizning fojiali sahifalarini aniqlay olamiz», - deya ta'kidlagan.
Polsha Volin fojiasini genotsid sifatida tan oldi
Mavzuga oid

16:46 / 21.04.2025
TSAHAL tekshiruvi: G‘azoda shifokorlar o‘limiga «operativ anglashilmovchilik» sabab bo‘lgan

20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi

19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order

12:20 / 05.12.2024